Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada aholini qo‘llab-quvvatlash uchun pul tarqatiladi
18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalarga 100 ming iyenga teng (875 dollar) cheklar tarqatiladi. Kichik biznesga 2,5 million iyendan (21,9 ming dollar) pul beriladi.
Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi oqibatida jabrlangan iqtisodiyotni va iste'molchilar talabini rag‘batlantirish rejasini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalarga 100 ming iyenga teng (875 dollar) cheklar tarqatiladi, deb yozadi Nikkei.
Navbatdagi rejaning umumiy miqdori 56 trillion iyenni (487 milliard dollar) tashkil etadi.
Kichik biznesga 2,5 million iyendan (21,9 ming dollar) pul beriladi. Hukumat prognoziga ko‘ra, mamlakat ushbu rag‘batlantirish natijasini kelgusi yilning birinchi choragida his qiladi.
Mamlakat hukumati o‘tgan yili iqtisodiyotni tiklash uchun 48,4 trillion iyen (423 milliard dollar), dekabrda esa yana 40 trillion iyen (350 milliard dollar) ajratgandi.
Yaponiyadagi oilalar o‘tgan yili ham 100 ming iyenlik cheklarni olgan, ularning 70 foizga yaqini bu mablag‘ni mahsulot sotib olishga ishlatmasdan, bankka qo‘yishni ma'qul ko‘rgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026