Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan «salmoqli hujjatlar to‘plami»ni imzolaydi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 noyabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, siyosatchilar savdo, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlikka e'tibor qaratgan holda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, ular xalqaro muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni ham ko‘rib chiqadi.
«Ikki tomonlama hujjatlarning muhim paketi imzolash uchun tayyorlab qo‘yildi», - deya xabar berdi Kreml.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga bugungi tashrifi chog‘ida imzolanadigan hujjatlar haqida gapirdi.
«Tashrif davomida xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlash sohasida hamkorlik bo‘yicha yirik siyosiy qo‘shma bayonot qabul qilinadi. Prezidentlar uchrashuvi chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 18 ta hujjat imzolanadi. Xalqaro yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta'minlash to‘g‘risidagi bitim, qurilish, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha hujjatlarni alohida ta'kidlab o‘tish lozim», dedi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida tomonlar xalqaro axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, biologik xavfsizlik bo‘yicha hukumatlararo anglashuv memorandumini imzolaydi.
«Bu zamonaviy dunyoda rivojlanayotgan va hamkorligimizning ushbu yo‘nalishi, shuningdek, kibermakon va biologik xavfsizlik sohasida yuzaga kelayotgan xavf va tahdidlarni aks ettiruvchi voqealarning ikkita dolzarb jihati. Biz ikki vazirlik o‘rtasida hamkorlik dasturini qabul qilishni rejalashtirganmiz. U 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan. Unda Rossiya va O‘zbekiston manfaatlari mushtarakligi hamda har bir davlatning milliy ustuvorliklarini xalqaro maydonda kelishilgan holda ilgari surish vektori belgilab beriladi», dedi u.
Avvalroq migratsiya amnistiyasi e'lon qilingan edi, u tufayli Rossiya chegarasini kesib o‘ta olmagan 158 ming O‘zbekiston fuqarosiga Rossiya Federatsiyasiga kirishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026