«Ajdodlar izidan» harbiy-tarixiy jamiyati tashkil etiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Harbiy tarixni o‘rganish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, "Vatanparvar" tashkiloti muassisligida "Ajdodlar izidan" harbiy-tarixiy jamiyati - muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti, "Ajdodlar izidan" ilmiy-ommabop jurnali ta'sis etiladi.
"Ajdodlar izidan" jamiyatining asosiy vazifalari:
- qadim o‘tmishda, o‘rta asrlarda, yaqin tarixda O‘zbekiston hududida, shuningdek, uning chegaralari tashqarisida bo‘lib o‘tgan harbiy-tarixiy ahamiyatga ega tarixiy hujjatlar va voqealar tavsif-bayonini to‘plash;
- millat ozodligi va mustaqilligi uchun bosqinchilarga qarshi kurashib, qahramonlik ko‘rsatgan harbiy sarkardalar, rahbarlar, qabila va xalq yetakchilari, yo‘lboshchilarining faoliyatini o‘rganish;
- muzey, kutubxona va arxivlarda, shu jumladan, xorijiy davlatlardagi shu kabi muassasalarda ilmiy-tadqiqot va qidiruv ishlarini olib borish;
- taniqli olimlar, tarixchilar, arxeologlar, mutaxassislarni jalb qilgan holda yig‘ilgan ma'lumotlarni tizimlashtirish;
- O‘zbekiston tarixida yuz bergan harbiy-tarixiy voqealar xaritasini tuzish va boshqalar.
Jamiyatni boshqarish mudofaa vaziri raislik qiladigan kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi, u faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi. Kuzatuv kengashi yig‘ilishlari har yili kamida ikki marotaba o‘tkaziladi.
Jamiyat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Ajdodlar izidan" harbiy-tarixiy jamiyatini rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi. Uni moliyalashtirish manbalari:
- har yili 1 fevralga qadar muassislarning har biri tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 barobari ekvivalenti miqdorida ajratiladigan mablag‘lar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar harbiy-ma'muriy sektorlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
- yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston norezidentlari tomonidan amalga oshirilgan homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Diniy qo‘mita Umra litsenziyasi uchun talabgorlardan arizalar qabul qilishni boshladi
O‘zbekiston | 15:54
-
AQShda olti kun mashinada qamalib qolgan ayol kurtkasi yordamida omon qoldi
Jahon | 15:20
-
Yuk mashinasini qismlarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi
Iqtisodiyot | 15:03
-
AP: Isroil va AQSh Sudan va Somaliga G‘azo sektoridan falastinliklarni qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi
Jahon | 14:56
Mavzuga oid

13:50 / 02.12.2024
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan

11:19 / 19.10.2023
Minskda «Belarus–O‘zbekiston» do‘stlik jamiyati tashkil etildi

15:13 / 24.01.2023
Populizm cho‘qqiga chiqmoqda. Ko‘z-ko‘z qilinadigan soxta “mehribonchilik”dan maqsad nima?

11:45 / 23.01.2023