Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi mustaqil a’zolariga qo‘shimcha talablar o‘rnatilyapti
Prezident tomonidan “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Endilikda kuzatuv kengashining mustaqil a’zoligiga nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatiladi.
AJ kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi sifatida saylanishni istisno qiluvchi holatlar kengaytirilmoqda. Quyidagilar kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
so‘ngi uch yil ichida jamiyatga va (yoki) jamiyatning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan auditorlik tashkilotining xodimi;
ketma-ket olti yil davomida jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kirgan shaxs;
jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari bilan tasdiqlangan hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxs.
Ilgari jamiyat kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi jamiyatning aksiyadori bo‘lishiga taqiq bo‘lgan bo‘lsa, endilikda mustaqil a’zo jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining 5 foiziga egalik qilishi mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi mustaqil a’zosini belgilangan talablarga muvofiqligi o‘zgarganda, u jamiyatni va kuzatuv kengashini bu haqda ikki ish kuni ichida xabardor qiladi. Bu holda boshqa nomzod taklif etiladi.
Shuningdek, kuzatuv kengashida kamida bir nafar mustaqil a’zosi bo‘lishi lozimligi haqidagi talab davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan MChJlarga ham o‘rnatilmoqda.
AJ va MChJ ijro etuvchi organlari javobgarligi aniqlashtirilmoqda: agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki affillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki ishonchli boshqaruv a’zolarining yoxud ishonchli boshqaruvchining (MChJda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organning) aybi isbotlansa, jamiyatning qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:14 / 26.03.2026
P2P-o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha talab bekor qilindi(mi?)
13:50 / 02.12.2024
Dunyoda shunday qishloq bor: unga erkaklar kirishi taqiqlangan
09:00 / 18.09.2024
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
12:40 / 20.07.2024