Keyingi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar ehtiyojmandlarga oziq-ovqat tutib turgan amaldorlarning foto va videolari bilan tölib-toşmoqda.Bunday közböyamaçilikka qöl urayotganlar orasida hokimni ham, prokurorni ham, IIB xodimi-yu, ijtimoiy sohalar mas’ullarini ham uçratiş mumkin. Yöqsilga 2 ta non berib, şuni ham tarmoqlarda aylantirgan partiya vakilining “himmati” esa hammasidan oşib tuşdi.

Öng qöling berganini çap qöling bilmasin, degan gap bor. Ammo sallani keltir desa kallani ham qöşib olib keladiganlar muhtojga qilingan ehsonni butun olamga doston qiliş bilan ovora. Ikkita non evaziga surati oşkora tarzda ommaga tarqatilayotgan insonlar esa populizm qurboniga aylanayotganini sezişmayapti.

Quyidagi suratlarga e’tibor qarating.

Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi bölimi mudiri Xurşid Rahmatov ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari bermoqda. Göyoki bu işiga birov işonmaydigandek xabarda ehtiyojmand oila a’zolarining ismi, manziligaça töliq yozilgan.

Xatirçi tuman prokurori vazifasini bajaruvçi J.Madrahimov ham “galoçka” uçun işlaşda qöşni tumanning “RayONO” mudiridan qolişmaydi.

MIB tizimida yuzlab ijro hujjatlari bajarilmay yotgan bir vaziyatda MIB xodimlari ehtiyojmandga tuxum berganini “köz-köz” qilib yuribdi. Suratda MIB Xatirçi tumani bölimi boşliği Anvar Ğafforov.

Bir kunda “qahramon” bölgan ÖzLiDep partiyasi vakili. Uning bu işni ikkita non bilan “uddalagani” alohida “tahsinga” loyiq.