Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 12 va 12 Pro’da jiddiy nuqson aniqlandi
Qayd etilishicha, ayrim holatlarda qo‘ng‘iroq vaqtida so‘zlashuv dinamigi ishlamasdan qolishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun so‘zlashuv modulini almashtirishga to‘g‘ri keladi.
Foto: Global Look Press/Komsomolskaya Pravda
Apple kompaniyasi ayrim iPhone 12 va 12 Pro smartfonlarida dinamik nosozligi tufayli ovoz bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkinligini bildirdi.
Qayd etilishicha, ayrim holatlarda qo‘ng‘iroq vaqtida so‘zlashuv dinamigi ishlamasdan qolishi mumkin. Muammoni bartaraf etish uchun so‘zlashuv modulini almashtirishga to‘g‘ri keladi.
2020 yil sentyabrdan 2021 yil aprelgacha ishlab chiqarilgan nuqsonli iPhone 12 va 12 Pro smartfonlari sotuvga chiqarilganidan boshlab ikki yil davomida bepul tuzatib berilishi aytilmoqda.
Bu iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max smartfonlariga taalluqli emas.
Bepul ta'mir butun dunyo bo‘ylab amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:26 / 21.04.2026
Apple’da tarixiy almashinuv: Tim Kuk ketmoqda
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
22:08 / 24.03.2026