Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiqlik ta'minoti bo‘yicha qayta hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi
Toshkent shahrida issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Gap 14 oktyabrda emas, balki keyinroq isitish tizimi yoqilgan fuqarolar haqida ketmoqda. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK xabar berdi.
Toshkent shahar hokimining 2021 yil 8 oktyabrdagi qaroriga binoan joriy yil 14 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitilishiga kirishildi.
Poytaxtdagi bir qator ko‘p qavatli uylarda isitish tizimidagi kamchiliklar sabab turar joy binolarini qarorda belgilangan muddatdan kechiktirib isitish tizimiga ulash to‘g‘risida XUJMSh vakillari tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
“Toshissiqquvvati” DUK xabariga ko‘ra, issiqlik energiyasini o‘z vaqtida yetkazib bermaslik sabablari aniqlangandan so‘ng uy-joylarni isitish tizimiga ulash muddatlarini solishtirish, shuningdek, dalolatnomalar to‘g‘ri tuzilganini tekshirish, ularda ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblar texnik sabablarga ko‘ra 2021 yil dekabr oyida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026