Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 dekabrdan metroda jyetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi
1 dekabrdan Toshkent metropolitenida jyetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
2020 yilning 1 noyabridan boshlab Toshkent metropolitenida jyetonlar sotuvi to‘xtatilgan edi. Bundan ko‘zlangan maqsad - shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari doirasida yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishi ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizim to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish.
Bildirilishicha, o‘tgan bir yil mobaynida aholidagi mavjud jyetonlar yo‘l haqi to‘lovi uchun qabul qilindi. Joriy yilning 1 dekabr sanasidan boshlab Toshkent metropolitenida yo‘l haqini to‘lash uchun jyetonlarni qabul qilish to‘xtatiladi.
Ma'lum qilinishicha, to‘lov tizimida qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli chipta, transport va bank kartalari hamda NFC funksiyalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.
Avvalroq, Toshkent metrosida FacePay tizimi sinov tariqasida ishga tushirilgani xabar berilgandi.
Metropolitenning Buyuk ipak yo‘li bekatida sinov tariqasida ishga tushirilgan FacePay qurilmasida yo‘lovchi validatorga qarasa yetarli - yo‘l haqi bank kartasidan avtomatik tarzda yechib olinadi.
Mavzuga oid
07:37 / 26.05.2022
Toshkent metrosida harakatlanayotgan poyezd vagonida chiroq o‘chib qoldi
10:55 / 17.05.2022
Toshkent metrosida 58 yoshli erkak poyezd yo‘liga tushib ketdi
12:23 / 14.04.2022
Toshkent metrosi aholidan jyetonlarni xarid qilishi haqida e’lon berdi
08:58 / 14.04.2022