O‘zbekiston | 10:40 / 25.11.2021
5310
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda talaba is gazidan zaharlanib vafot etdi

24 noyabr kuni Nukus shahri 22-kichik tumandagi ko‘p qavatli uylardan birida is gazidan zaharlanish holati aniqlangan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda uyda 7 kishi bo‘lgan. Ulardan 6 nafari ijarada turuvchi talaba bo‘lib, bittasi mehmon bo‘lgan. 2003 yil To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan, shu yerda ijarada turuvchi Nukus davlat pedagogika institutining 2-kurs talabasi mehmon kelgani tufayli oshxonaga o‘tib yotgan va shu sababdan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Qolgan shaxslarning holati haqida hozircha rasmiy ma'lumot berilmadi.

Kun.uz muxbiri holatga oydinlik kiritish maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti bilan bog‘landi. NDPI matbuot kotibi voqea yuz bergan jarayonda institut talabasi halok bo‘lganini tasdiqladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Biroz oldin Nukusda bir oilaning is gazidan zaharlanib vafot etish sabablari ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid