Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etiladi
Filialda o‘qish 2022 yildan boshlanadi. Ta'lim kunduzgi shaklda kontrakt asosida amalga oshiriladi.
«Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.
Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.
Ta'lim 2022-2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, filialda ta'lim jarayoni raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, vebinar va onlayn texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etgan holda tashkil etiladi.
Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.
Ma'lumot o‘rnida, Piza universiteti rasman 1343 yilda tashkil etilgan, biroq bir qator olimlar uning kelib chiqishi XI asrga borib taqalishini ta'kidlaydi.
Piza universiteti qishloq xo‘jaligi, astrofizika, informatika, muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalarida yigirmata yuqori darajadagi fakultet va tadqiqot markazlariga ega. Universitet Jahon universitetlarining akademik reytingida 151, «QS Jahon universitetlari» reytingida 383 o‘rinda turadi. Unda 46 ming talaba tahsil oladi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026