O‘zbekiston | 10:24 / 26.11.2021
9747
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburg - Namangan yo‘nalishidagi samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi
Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishidagi samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda «Novosti tashkenskogo neba» telegram kanali xabar bermoqda.
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasiga tegishli, Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishida parvoz qilgan SU-602 samolyoti ekipaji bortda yo‘lovchilardan birining ko‘zi yorigani sababli yo‘nalish bo‘yicha zaxira aeroportga qo‘nishga qaror qildi.
Samolyot Nijniy Novgorod xalqaro aeroportiga qo‘ndi (qo‘nish mahalliy vaqt bilan soat 03:31da amalga oshirilgan).
Qayd etilishicha, tug‘uruq ekipaj tomonidan qabul qilingan. Chaqaloq va onaning ahvoli yaxshi, samolyot Namanganga uchib ketgani aytiladi.
Mavzuga oid
11:46 / 05.10.2024
Yollanma qotillar, sirli buyurtmachi va chalg‘itilgan tergov – Namangandagi mudhish qotillik tafsiloti
09:49 / 04.10.2024
Namanganda yuzlab avtomobillar davlat ro‘yxatidan noqonuniy o‘tkazilgani aytilmoqda. Ish respublika darajasida tergovda
14:54 / 26.09.2024
Namanganda avval ham firibgarlik uchun sudlangan shaxs yana shunday jinoyatga qo‘l urdi
20:47 / 21.09.2024