Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Renault o‘z mashinasi uslubida kvadrokopter ishlab chiqdi
Renault kompaniyasi Renault 4 avtomobil modeli uslubida ishlab chiqilgan kvadrokopterni namoyish qildi. E'tiborlisi, qurilma Renault 4 kuzovi nusxasi bilan jihozlangan va Renault Air4 deb nom olgan.
Konseptni fransuz kompaniyasi uchun TheArsenale kompaniyasi ishlab chiqqan. Qurilma bir o‘rindiqli bo‘lib, ugleplastikdan ishlangan. U sig‘imi 90 A-soatli 100 voltli litiy-polimer batareya va umumiy tortish quvvati 380 kg bo‘lgan 4 ta parrak bilan jihozlangan.
Renault Air4 kvadrokopteri 700 metrgacha balandlikka 4 m/soniya tezlik bilan ko‘tarila oladi va gorizontal parvozda 90 km/soatgacha tezlikda ucha oladi. Parvoz vaqtida qurilma 70 daraja burchakka egilishi mumkin.
Renault 4 mashinasi 1961 yildan 1992 yilgacha hamyonbop model sifatida ishlab chiqarilgan, 2021 yilda mashinaning 60 yilligi munosabati bilan uning negizida yaratilgan bir nechta konsept-kar tayyorlangan.
Mavzuga oid
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
00:05 / 09.06.2025
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
18:56 / 10.10.2022
Renault bir o‘rindiqli Mobilize Solo elektromobilini namoyish etdi
20:25 / 29.07.2022