Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi» «MYu» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Reuters
Angliya Premer-ligasi 13-turining so‘nggi uchrashuvi turnir peshqadami «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida kechdi.
Londondagi uchrashuvda bosh murabbiy Tomas Tuxel Lukakuni zaxirada qoldirgan bo‘lsa, Maykl Kerrik Ronalduni asosiy tarkibda maydonga tushirmadi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida total ustunlik mezbonlarda bo‘lsa-da, jamoalar tanaffusga tablodagi nollar bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limni ham londonliklar hujumkor boshlagan bo‘lishsa-da, 50-daqiqada mehmonlarning rejasi ish berdi. Jorjinoning maydon markazidagi qo‘pol xatosidan keyin Sancho yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, hisobni ochdi – 0:1.
69-daqiqada esa bosh hakam Van-Bissakaning qo‘polligini penalti deb baholadi. Nuqtaga yaqinlashgan Jorjino raqib golidagi xatosini tuzatdi – 1:1. Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi.
Shu tariqa, «Chelsi» 30 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «MYu» 18 ochko bilan 8-o‘ringa pastladi.
APL. 13-tur
Chelsi – Manchester Yunayted 1:1
Gollar: 0:1 – 50 Sancho, 1:1 – 69, penalti Jorjino.
Chelsi – Mendi, Jyeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso (Maunt, 78), Jorjino, Ziyesh, Loftus-Chik, Verner (Lukaku, 82), Hadson-Odoi (Pulishich, 78).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Lindelef, Bayi, Telles, Matich, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 89), Maktomini, Sancho (Ronaldu, 64), Reshford (Lingard, 77).
Ogohlantirishlar: Maktomini (45), Reshford (49), Jyeyms (53), Brunu Fernandesh (77), Ronaldu (90), Jorjino (90), Bayi (90).
Mavzuga oid
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
11:25 / 16.12.2025
«MYu» va «Bornmut» o‘yini gollar shousiga aylandi
13:00 / 01.12.2025