Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki viloyatda adliya boshqarmalari rahbarlari almashtirildi
Adliya vaziri buyrug‘i bilan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Sunnatillo Abdurasulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S. Abdurasulov 1984 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2007 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, adliya vaziri buyrug‘i bilan Salohiddin Sattorov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S. Sattorov 1980 yilda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026