«MYu» yangi bosh murabbiyini e'lon qildi
«Manchester Yunayted» klubi jamoani mavsum yakunigacha boshqaradigan yangi bosh murabbiyni rasman e'lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Ralf Rangnik joriy mavsum yakuniga qadar «MYu» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Germaniyalik mutaxassis mavsum yakunlangach, ikki yil davomida klubda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Sulsher iste'fosidan keyin klubni ikki o‘yinda boshqargan Maykl Kerrik murabbiylar shtabida qolishi kutilmoqda.
Avvalroq, ushbu murabbiy tanlovi va uni tayinlash qaroriga kelishda «MYu» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson ishtirok etmagani aytilgandi.
Ma'lumot uchun, 63 yoshli Ralf Rangnik 2015-2019 yillarda «Leypsig» klubini boshqargandi. 2021 yilning yozidan buyon mutaxassis Rossiyaning «Lokomotiv» klubi sport ishlari va rivojlantirish bo‘limi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024