Sport | 12:30 / 29.11.2021
8647
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qishda Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi 2022 yil yanvar-fevral oylarida safarda Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston milliy jamoasining qishki yig‘inlar doirasidagi navbatdagi raqibi nomi ma'lum bo‘ldi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yaponiyaga qarshi birinchi bellashuv 21 yanvar kuni Tokiodagi «Saitama» stadionida bo‘lib o‘tadi.

OFK kalendariga muvofiq, fevral oyidagi milliy jamoalar uchun belgilangan FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy jamoasi Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu yig‘in davomida Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs 2022 yilning 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Srechko Katanets qo‘l ostida bungacha 4ta o‘rtoqlik uchrashuvida Shvetsiya (1:2), Malayziya (5:1), Iordaniya (0:3) va Gruziyaga (0:1) qarshi safarda o‘yin o‘tkazgan va 3 mag‘lubiyat va 1 g‘alaba qayd etgandi. Milliy jamoaning keyingi o‘yinlari ham Toshkent emas, Tokio va Dubayda o‘tkaziladi.
  • Ma'lumot uchun, Yaponiya JCh-2022 saralashi so‘nggi bosqichida guruhda 12 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam Saudiya Arabistonidan 4 ochkoga ortda qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid