O‘zbekiston | 08:21 / 30.11.2021
8214
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi
Prezident “O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Jamoat xavfsizligini ta'minlashdagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan:
- O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi;
- 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi;
- 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Konsepsiya, Strategiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan mas'uliyat jamoat xavfsizligini ta'minlovchi davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatildi.
Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi o‘rnatildi:
- Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) – 2023-2025 yillarda har yili jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi hamda ijrosini qat'iy nazoratga oladi;
- O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi (V.Mahmudov) – har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
21:05 / 29.03.2024
Prezident jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishni buyurdi
08:08 / 07.07.2023