O‘zbekiston | 07:34 / 30.11.2021
8865
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi

Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov

Qayd etilishicha, 20,5 kilometr masofalik ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Avtobus “Chilonzor buyum bozori” avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Uch qahramon” bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda to‘xtab harakatlanadi. 

Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi

Ma'lumotda aytilishicha, yo‘lkira narxi 3000 ming so‘m etib belgilanadi.

Avvalroq, Toshkent shahrida 7ta yangi avtobus yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid