Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada lira qadrsizlanishi ortida moliya vaziri o‘zgartirildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk lirasining rekord darajada qadrsizlanishi ortida moliya vaziri Lutfi Elvanni iste'foga chiqardi. Bu haqda Resmi Gazete nashri xabar berdi.
Ushbu lavozimga bungacha moliya vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagan Nuriddin Nebati tayinlandi.
Elvan moliya vaziri lavozimini Erdo‘g‘anning kuyovi Barat Albayroq ushbu lavozimdan ketgandan keyin 2020 yil noyabrdan beri egallab kelayotgandi.
Turk lirasi qadrsizlanishi Erdo‘g‘an markaziy bank tayanch stavkasini 3 oy ichida 3 marta tushirganini qo‘llab-quvvatlaganidan keyin yuz bergan.
Noyabr oyi davomida lira dollarga nisbatan 26 foizga, yil boshidan esa 40 foizga qadrsizlangan. Jumladan, o‘tgan hafta turk milliy valutasi kursi tarixdagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Lira kursi bir dollar uchun 11,37 liradan 13,21 liragacha, ya'ni 18 foizga pasaygan. Vaholanki, yil boshida bir dollar uchun 7,3 lira berilgan.
23 noyabrda Istanbul va Anqara aholisi lira qadrsizlanishi ortida hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazgan. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, turk lirasi qadrsizlanishida “xorijiy josuslar qo‘li bor”.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026