O‘zbekiston | 11:23 / 03.12.2021
3105
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda fuqaro yashash uyida o‘zini-o‘zi osib o‘ldirdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda, Andijon tumani “O‘rikzor” MFYda yashovchi Q.M yashash xonadonida arqon bilan o‘zini-o‘zi osgan holda o‘z joniga qasd qilib, voqea joyida vafot etganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Andijon viloyati prokuraturasining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon tuman prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, Tergov harakatlari davomida IIB profilaktika inspektori, mahalla raisi hamda boshqalarning harakatlariga baho berish maqsadida vakolatli organlarga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Avvalroq, totalizatorda katta pul yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi, Shahrixon tumani «Bo‘ston» MFYda yashovchi B.R mazkur hududda joylashgan qabriston to‘siniga bo‘yin sohasidan o‘zini osib, joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid