Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, dunyoda har 40 soniyada bir odam öz joniga qasd qiladi. Har yili 100 ming kişidan örtaça 11 kişi öz hayotiga çek qöyadi.

JSSTning Yevropa byurosi davlatlarida bu körsatkiç ikki jins vakillari uçun 100 ming kişidan 13 kişini va 100 ming erkakdan 20 kişini taşkil qiladi. Yevropada Litva, Qozoğiston va Rossiyadagi erkaklar köproq öz joniga qasd qiladi – 100 ming erkakdan 40 nafari.   

Ta'kidlanişiça, öz joniga qasd qiliş butun dunyo böyiça 15-29 yoşlilar örtasidagi ölimning ikkinçi sababi hisoblanadi. Bunday holatlarning 78 foizi örta va past daromadga ega davlatlarga töğri keladi. 

Butun dunyodagi öz joniga qasd qilişlarning taxminan 20 foizi pestitsidlardan zaharlaniş oqibatida sodir böladi. Aksariyat bunday holatlar qişloq hududlarida yuz beradi.

Öz joniga qasd qilişda keng qöllanadigan boşqa usullar – özini osiş va öqotar qurol qöllaş hisoblanadi.

Boy davlatlarda bunday fojialar psixik va psixologik kasalliklar, jumladan içkilikbozlik va tuşkunlik bilan boğlangan. Biroq odamlar inqiroz vaqtida yoki jiddiy iztirobga tuşganlarida öz jonlariga qasd qiladilar.

JSSTda öz joniga qasd qiliş holatlarining öz vaqtida körsatilgan, işonçli ma'lumotlarga asoslangan va qimmat bölmagan çoralar yordamida oldini oliş mumkinligi aytilmoqda.