Toşkent viloyati Angren şahrida Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlaş guruhi xodimi IIB binosida öz joniga qasd qilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 27 iyun soat taxminan 13.00larda Angren şahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlaş guruhi xodimi, safdor, 1987 yilda tuğilgan Bekzod Bobomirzayev öz joniga qasd qilgan.

Qayd etilişiça, u Angren şahar Içki işlar boşqarmasi binosining 4-qavatida öziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan jağ qismiga qarata bir marotaba öq uzgan. Oqibatda, safdor B.Bobomirzayev oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ta'kidlanişiça, safdor B.Bobomirzayevning öz joniga qasd qiliş sabablari Içki işlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus taşkil etilgan guruhi tomonidan örganilmoqda. Holat içki işlar vazirining şaxsan nazoratiga olingan.