Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Qirg‘iziston prezidentini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar qirg‘iz xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini ta'kidlab o‘tgani aytiladi.
Turli darajalardagi konstruktiv muloqot va faol almashinuvlarni davom ettirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda muhim kooperatsiya loyihalarini birgalikda ilgari surish muhimligi qayd etildi. Biznes va hududlar darajasida amaliy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
18:57 / 31.05.2026
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
19:57 / 30.05.2026