Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Burundidagi turmada yuz bergan yong‘inda 38 kishi halok bo‘ldi
Burundi poytaxti Gitegedagi turmada yuz bergan yong‘inda kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Yana 69 kishi jiddiy jarohat olgan. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Prosper Bazombanzaga tayanib AFP axborot agentligi xabar berdi.
Yong‘in taxminan soat 4 lar atrofida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, yong‘in turmaning deyarli barcha binolarini qamrab olgan. U faqatgina ayol mahbuslar saqlangan binogacha yetib bormagan. Uni o‘chirishda 7 ta o‘t o‘chirish mashinasi ishtirok etgan.
Turmaga olib boruvchi yo‘llar politsiya va harbiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, noyabr oxirida ushbu turmada 1539 mahbus saqlangan va u me'yoridan to‘lib-toshgan bo‘lgan.