Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ortidan Avstraliya ham Pekin Olimpiadasiga boykot e'lon qildi
Avstraliya rasmiy shaxslari 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. Mamlakat rahbariyati Xitoyda inson huquqlari buzilishlariga javoban Olimpiadani diplomatik boykot qilishga qaror qildi.
“Men buni Avstraliya milliy manfaatlari yo‘lida qilmoqdaman”, deb aytgan mamlakat bosh vaziri Skott Morrison.
Uning ta'kidlashicha, Pekindagi O‘yinlarni boykot qilish qaroriga Avstraliya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashishi ham ta'sir ko‘rsatgan.
ABC telekanalining xabar berishicha, ushbu boykot Xitoyda qolayotgan avstraliyalik mansabdor shaxslarga ham taalluqli hisoblanadi.
Shu bilan birga, Morrisonning ta'kidlashicha, avstraliyalik sportchilar boykotga qaramay, Olimpiadada ishtirok etadilar.
Pekindagi Olimpiadaga 40ga yaqin sportchini yuborishni rejalashtirgan Avstraliya Olimpiya qo‘mitasi ham hukumatning ushbu qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
6 dekabrda AQSh Xitoy tomonidan inson huquqlari buzilishiga javoban Pekin Olimpiadasiga rasmiy va diplomatik shaxslarini yubormasligini e'lon qilgandi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi siyosiy neytral tashkilot sifatida Vashingtonning ushbu qarorini hurmat qilishini aytgan. AQSh ortidan Yangi Zelandiya ham Pekinga o‘z diplomatlarini yubormasligini ma'lum qilgan, biroq u bu qarorini koronavirus bilan bog‘lagan.
Diplomatik boykot sportchilarning Olimpiadada ishtirok etmasligini anglatmaydi.
Mavzuga oid
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
12:00 / 24.03.2026