Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusga majburan qo‘ngan samolyot Moskvaga uchib ketdi
7 dekabr kuni tongda "Aeroflot"ning Moskva – Urganch yo‘nalishi bilan uchgan yo‘lovchi samolyoti quyuq tuman tufayli belgilangan manzilda qo‘na olmay, Nukus aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan edi.
Ma'lum bo‘lishicha, samolyot Moskvaga qaytib ketgan, yo‘lovchilar Nukusdan Urganchgacha avtobuslarda yetkazilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Nukus aeroporti xodimining ma'lumotiga tayanib.
"Aeroflot"ning SU1976 Moskva – Urganch reysi 7 dekabr kuni tongda quyuq tuman tufayli Urganch aeroportiga qo‘na olmadi va zaxira aeroport sifatida Nukusga yo‘naltirildi. Dastavval samolyotni tuman tarqagandan keyin Urganchga jo‘natish rejalashtirilgan edi. So‘ngra 131 nafar yo‘lovchini Nukusdan Urganchga avtobuslarda yetkazishga qaror qilindi", — dedi aeroport vakili agentlikka.
Uning ta'kidlashicha, Urganchdan Moskvaga uchishni kutib turgan yo‘lovchilar ham Nukus aeroportiga avtobuslarda keltirilgan.
Bir muddat oldin Mo‘ynoqqa A-320 samolyoti kelib qo‘ngandi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026