O‘zbekiston | 07:55 / 08.12.2021
10603
1 daqiqa o‘qiladi

Qurolli Kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni ta'sis etildi

Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil" esdalik nishoni ta'sis etildi.

Foto: Norma.uz

Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste'foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari taqdirlanadi.

Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan qo‘shilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi. Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.

Mavzuga oid