Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etildi.

Farmonda ta’kidlanishicha, ushbu nishon mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qudrati va salohiyati, jahon maydonidagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shayotgan, ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni munosib taqdirlash maqsadida ta’sis etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari hamda ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlash vazifasi yuklandi.