O‘zbekiston | 11:11 / 09.12.2021
29687
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda

Joriy yilning 12-15 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 12-14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.

Tog‘ va tog‘oldi tumanlarda 12-13 dekabr kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda. Shuningdek, ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublika bo‘yicha havo harorati me'yordan 8-10 daraja pasayishi kutilmoqda.

13-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, ba'zi joylarda 14-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqqacha pasayadi.

Mavzuga oid