O‘zbekiston | 13:18 / 09.12.2021
2550
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qimorxona fosh etildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida qurilishi tugallanmagan binoda tashkil etilgan qimorxona fosh etilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Videodan kadr

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri davomida 2021 yil 6 dekabr kuni soat 23:45 larda Qarshi tumani “Kaxlak” MFY hududida joylashgan qimorxona fosh etilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro T.M.ga tegishli qurilishi tugallanmagan binoda “Potron” MFYda yashovchi J.B va R.S hamda “Kaxlak” MFYda yashovchi T.M, B.S, B.M va Sh.G. pul tikib tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini o‘ynayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, fuqarolardan qimorga tikilgan jami 541 ming so‘m pul va o‘yin kartalari kelgusida qonuniy to‘xtamga kelish uchun hujjatlashtirib olingan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid