Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda svetoforda turgan Spark mashinasida yong‘in chiqdi
Termiz shahrida svetoforda to‘xtab turgan Spark mashinasining motor qismi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 9 dekabr kuni soat taxminan 10:15 larda Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasi I. Karimov ko‘chasida joylashgan chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Spark mashinasida yong‘in yuz bergan.
1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan, 2013 yilda ishlab chiqarilgan Spark mashinasining motor qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga zudlik bilan YPX hamda Termiz shahar FVB yong‘in o‘chirish bo‘linmasi qismi xodimlari yetib kelishgan.
Yong‘in oqibatida Spark mashinasi jiddiy zararlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati FVB Termiz shahar bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:44
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026