Boris Jonsonga pandemiya vaqtidagi bazmlar uchun iste'fo xavf solmoqda
Britaniyada hukumat a'zolari va konservatorlar partiyasi yetakchilari pandemiya vaqtida bazmlar uyushtirganini aniqlash bo‘yicha tergov o‘tkaziladi. “Bi-bi-si”ning xabar berishicha, leyboristlar bu boradagi gaplar tasdiqlansa, unda bosh vazir Boris Jonson iste'foga chiqishi kerakligini aytishmoqda.
Tergovni yuqori mansabdor shaxslar o‘zaro hazil-huzul qilib, pandemiyaning ikkinchi to‘lqini avj pallada bo‘lgan kezda 2020 yil 18 dekabrda hukumatda o‘tkazilgan bazmni muhokama qilayotgani videosi tarqalgandan keyin o‘tkazishga qaror qilindi. Ushbu video e'lon qilingach, unda qayd qilingan hukumat matbuot kotibi Allegra Stratton iste'foga chiqqan.
Boris Jonsonning ta'kidlashicha, unga 2020 yil noyabri va dekabrida Dauning-stritda hech qanday bazm uyushtirilmaganini aytishgan, biroq bunday holatlar aniqlansa, unda barcha aybdorlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Biroq liberal demokratlar vakillaridan biri Jonsonning so‘zlari rostligiga shubha borligini va ushbu bazmlar tashkilotchisi aynan bosh vazir bo‘lishi mumkinligini aytgan hamda buni aniqlash maqsadida politsiyani uning yozishmalarini tekshirishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
13:52 / 21.11.2024
Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
15:52 / 20.11.2024
Britaniya «Yunarmiya» va «Avangard»ga qarshi sanksiyalar kiritdi
11:17 / 20.11.2024