Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT sportdagi korrupsiya to‘g‘risidagi ilk hisobotni e'lon qildi
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, globallashuv, ulkan pul oqimi, sportdagi qonuniy va noqonuniy pul tikishlarning jadal o‘sishi, texnologiyalarning rivojlanishi sportni noqonuniy daromad topishga intiluvchi jinoiy tarmoqlar uchun yanada jozibali qildi.
Foto: Unsplash/M.Rosen
Sport olamidagi ulkan pul oqimi ko‘plab musobaqalarning jinoiy tarmoqlar va korrupsion sxemalar bilan uzviy bog‘lanishiga olib keldi. Sportdagi noqonuniy pul tikishlar hajmi 1,7 trln dollarni tashkil etadi. Bu haqda BMTning giyohvandlik moddalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida aytilmoqda.
Bu sportdagi korrupsiya to‘g‘risidagi ilk hisobotdir. Hisobot mualliflarining qayd etishicha, globallashuv, ulkan pul oqimi, sportdagi qonuniy va noqonuniy pul tikishlarning jadal o‘sishi, texnologiyalarning rivojlanishi sportni noqonuniy daromad topishga intiluvchi jinoiy tarmoqlar uchun yanada jozibali qildi.
Hisobot 200 nafarga yaqin ekspertlar bilan hamkorlikda tayyorlangan. Unda bugungi sportdagi jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat chuqur tahlil qilingan. Ekspertlar guruhi hukumatlar, sport tashkilotlari, xususiy sektor, akademik doiralar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillaridan tashkil topgan.
Ular muammolarni tahlil qilishdan tashqari, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali uslublarini ham taklif qilgan.
Hujjat Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va 13 dekabrda Misrda boshlanadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha BMT konvensiyasiga a'zo davlatlar anjumani arafasida e'lon qilindi.
Mavzuga oid
16:19
Qorin atrofida to‘planadigan yog‘lar: nega ba’zan diyeta ham, sport ham yordam bermaydi?
10:35 / 20.02.2026
BMT G‘azo sektorida etnik tozalash alomatlari borligini bildirdi
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
17:31 / 17.02.2026