20:39 / 11.12.2021
2163

Oltinko‘l tumanida massiv rahbari klaster tomonidan “Damas” bilan taqdirlandi

Oltinko‘l tumanida 2021 yilgi paxta yig‘im-terimi yakuniga bag‘ishlab “Hosil bayrami” o‘tkazildi.

Unda joriy yilda rejani 40 sentnerdan oshirib bajargan fermerlar tuman hokimligi hamda “Qadr Textile Claster” MChJ rahbariyati tomonidan maishiy texnika vositalaridan iborat qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

— Eng yuqori hosildorlikka erishgan S.Ashurov massivi rahbari Rahimberdi Komilovga “Damas” avtomobilini topshirdik. O‘ylaymizki, bunday rag‘batlantirish barcha fermerlarni kelgusi yil hosili uchun yanada samarali mehnat qilishga undaydi, — deydi “Qadr Textile Claster” MChJ rahbari Bekzod O‘rmonov.

 

Mavzuga oid
Top