Öquvçilarni kaltaklagan Oltinköl tumanidagi 38-umumta’lim maktabi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Andijon viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur maktab 1954 yilda qurilgan va 2006 yilda joriy ta’mirdan çiqarilgan. Bugungi kunda 370 öringa möljallangan ta’lim muassasasida 475 nafar öquvçi 39 nafar pedagogdan ta’lim-tarbiya olib kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgan holat 30 oktyabr kuni soat 14:30lar atrofida maktab sinfxonasida sodir bölgan. Maktab direktori M.M. sinfda pirotexnika vositalaridan foydalangan bir guruh öquvçilarni tartibga çaqiriş jarayonida ularning ayrimlarini kaltaklagan.
“Mazkur holatda maktab direktori M.M. öquvçilarga nisbatan pedagogik etika qoidalari doirasida munosabatda bölmagani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, hozirda hujjatlar rasmiylaştirmoqda”, deyiladi boşqarma munosabatida.
Eslatib ötamiz, Bolalar ombudsmani holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.








