Andijon viloyati Oltinköl tumanida “Taşabbusli budjet” loyihalariga ovoz beriş bosqiçi 29 avgustdan boşlandi va bu bosqiç 3 kun davom etadi.

Joriy yilgi 2-mavsumda tuman işçi komissiyasi loyihalarni asossiz rad etgani sababli, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oltinköl va Uluğnor tumanlari hokimliklariga loyihalarni belgilangan mezonlar asosida qayta körib çiqiş yuzasidan sörov yuborgan va bu tumanlarda ovoz beriş bosqiçi ötkazilmayotgan edi.

Boşqa barça tumanlarda ovoz beriş 22 avgustdan boşlangan va 31 avgustgaça (şu kuni ham) davom etadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, Oltinköl tumani işçi komissiyasi vazirlikning söroviga javoban loyihalarni qayta körib çiqqan. Natijada loyihalardan 93 tasi ovoz beriş bosqiçiga ötkazilib, 23 ta loyiha amaldagi mezonlarga zid bölgani sababli (sababi asoslantirilgan holda) rad etildi.

Ma’lumot uçun, uşbu tumanda fuqarolar tomonidan jami 116 ta loyiha kelib tuşgan bölib, bundan avvalgi mojaroli holatda ulardan atigi 22 tasi ovoz berişga ötkazilgan, 94 ta loyiha asoslantirilmagan holda rad etilgan edi.

Şu munosabat bilan, “Oçiq budjet” portalida Oltinköl tumani böyiça saralaşdan ötgan loyihalarga ovoz beriş bosqiçi 29 avgustdan boşlab ötkazilmoqda.

Oltinköl tumani böyiça loyihalarga ovoz beriş an’anaviy ovoz beriş bosqiçi bilan bir vaqtgaça, ya’ni 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar bartaraf etilganini ma’lum qilgan holda Oltinköl tumani aholisidan ovoz beriş bosqiçida faol iştirok etişlarini sörab qolamiz”, – deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabarida.

Uluğnor tumani bilan nima bölişi hozirça ma’lum emas.