Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etildi
Andijonda tun yarmida yer qimirladi.
Andijon viloyatida 12 dekabr kuni soat 03:30 zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, zilzila episentri Toshkentdan 289 kilometr janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,7 ballga teng bo‘lgan.
Turli hududlarda silkinishlar kuchi quyidagicha bo‘lgan:
- Xo‘jaobod tumanida 4 ball;
- Jalaquduq tumanida 4 ball;
- Buloqboshi tumanida 3 ball;
- Andijon tumanida 3 ball;
- Andijon shahrida 2-3 ball;
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 2 ball;
- Asaka tumanida 2 ball;
- Marhamat tumanida 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 17 noyabr kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namanganda sezilib, magnitudasi 4,6 ballga teng bo‘lgandi. Undan avvalroq, 12 noyabr kuni Andijon viloyatida 4 ballik zilzila qayd etilgandi.
Mavzuga oid
21:37 / 13.12.2025
Andijonda 80ta yangi avlod elektrobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi
14:39 / 09.12.2025
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
08:30 / 07.12.2025
Somsaxonalarda reyd, inversiyaning tugashi va mundialdagi raqiblar - hafta dayjesti
19:38 / 04.12.2025