Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona - So‘x - Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
12 dekabrdan Humo Air aviakompaniyasi Farg‘ona — So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yo‘lovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlar amalga oshiriladi.
Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Farg‘ona — So‘x yo‘nalishida soat 10:00da va So‘x — Farg‘ona yo‘nalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.
Yo‘lovchilar aviachiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda So‘x tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, So‘xdagi aeroport tumanni rivojlantirish to‘g‘risidagi prezident qarori asosida qurilgan, uning maydoni 7 gektar bo‘lib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun davlat budjetidan 6,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026