O‘zbekiston | 11:01 / 14.12.2021
23686
3 daqiqa o‘qiladi

15 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti 

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 15 dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid