Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google emlanmagan xodimlarini ishdan bo‘shatishini bildirdi
Google xodimlarning ofisga qaytishini va «kompaniya binosiga kiradigan har bir shaxs to‘liq emlangan bo‘lishi»ni talab qilmoqda.
Google 150 ming nafar xodimini emlanmagan xodimlar ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risida xabardor qildi, deb xabar berdi CNBC.
Qayd etilishicha, xodimlar kompaniyaning ichki tizimiga emlanganini tasdiqlovchi hujjatni joylashtirishi lozim. 2022 yil 18 yanvargacha bu talabni bajarmaganlar «haq to‘lanadigan 30 kunlik ma’muriy» hamda olti oygacha davom etadigan haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqariladi. Ushbu muddatdan so‘ng emlanmagan xodim ishidan butkul ayriladi.
Google xodimlarning ofisga qaytishini va «kompaniya binosiga kiradigan har bir shaxs to‘liq emlangan bo‘lishi»ni talab qilmoqda.
«Emlanish bo‘yicha talablarimiz ishchilarimiz xavfsizligini va servislarimiz uzluksiz ishlashini ta’minlashning muhim usullaridan hisoblanadi», — dedi kompaniya vakili.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
15:58 / 30.01.2026