O‘zbekiston | 17:13 / 16.12.2021
12351
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy davlat – insonparvar davlat demakdir

Ijtimoiy davlat deganda, ijtimoiy sohaga ustuvorlik qaratiladigan, fuqarolarning tengligi, ularning turli tabaqalarga ajralishiga yo‘l qo‘ymaydigan, umumfarovonlik ta’minlangan jamiyat tushuniladi. Ayrim rivojlangan Yevropa mamlakatlarida davlatning ijtimoiy maqomi Konstitutsiya darajasida mustahkamlangan. Masalan, Germaniya Konstitutsiyasida uning ijtimoiy davlat ekanligi belgilangan.

Foto: XDP.uz

Bizda mamlakatimizning ijtimoiy davlat sifatidagi maqomi Asosiy qonunda ko‘rsatilmagan edi. Ammo ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ehtiyojmand aholining ijtimoiy muhofazasiga qaratilgan siyosat ijtimoiy davlatning tub zamini yaratilganidan dalolat beradi. Davlat budjeti mablag‘larining ellik foizdan ortig‘i ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilayotganining o‘zi ham buni yaqqol isbotlaydi.

Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat prinsipini amalda ta’minlash bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.

Birinchidan, kambag‘allikni ikki barobar qisqartirish maqsad qilib olindi. Kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy yordamning yangi va samarali mexanizmlari joriy etildi. Bu haqda gap ketganda, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni, ularga kiritilgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlash lozim...

Ulug‘bek Inoyatov,
O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari.

Mavzuga oid