Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston Transport vazirligida Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda PIA aviakompaniyasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama etildi.
Muzokaralar davomida Transport vazirligining havo transportini rivojlantirish departamenti rahbari xorijiy aviakompaniyalarni mamlakatimiz aviatsiya bozoriga jalb etish, ushbu bozorning barcha ishtirokchilari uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, joriy yilda aeroport xizmatlari uchun yig‘imlar 42 foizga qadar tushirilgani, ziyorat turizmi yo‘nalishida bajariladigan parvozlarga esa 50 foizga qadar chegirmalar berilishi to‘g‘risida aytib o‘tildi.
PIA aviakompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Islomobod – Toshkent va Karachi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Aviakompaniya ushbu yo‘nalishlarda parvozlarni 2022 yil yanvar oyidan yo‘lga qo‘yish niyatida.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan yo‘nalishlarda muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib oldi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
17:36 / 25.05.2026