Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda vertolyotning serqatnov yo‘lga qulashi videoga tushib qoldi
AQShda 14 dekabrda Luiziana shtatidagi serqatnov avtomobil yo‘llaridan biriga vertolyot quladi. Vertolyotning qulashi yo‘lda ketayotgan mashinalardan birining kamerasida muhrlangan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, Bell 407 rusumidagi vertolyot Bonnet-Karre-Spilvey ko‘prigi yonida qulagan va yonib ketgan. Vertolyotda uchuvchidan boshqa hech kim bo‘lmagan va u voqea oqibatida halok bo‘lgan.
Halokat sababli avtomobil yo‘li orqali harakat qisman to‘sib qo‘yilgan. Bundan tashqari, vertolyot qulashi vaqtida elektr ta’minoti liniyasiga shikast yetkazgan va buning oqibatida yaqin orada yashovchi 20 mingga yaqin odam elektrsiz qolgan.
AQSh fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi halokat yuzasidan tergov o‘tkazadi.
Mavzuga oid
22:13 / 17.03.2026
Eron milliy jamoasi JCh-2026 o‘yinlarini Meksikada o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
20:02 / 17.03.2026
Eronning yangi oliy rahbari AQSh bilan muzokaralar taklifini rad etdi
17:30 / 17.03.2026
AQSh Ko‘rfaz davlatlarini urushga qo‘shilishga undamoqda
15:25 / 17.03.2026