O‘zbekiston | 08:09 / 17.12.2021
68791
2 daqiqa o‘qiladi

Sharof Rashidovning qizi Svetlana Rashidova AQShda vafot etdi

Foto: Facebook / Tashkent Retrospective

2021 yil 14 dekabr kuni taniqli olim, jamoat arbobi Svetlana Rashidova 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Facebook’dagi «Tashkent Retrospective» guruhida xabar berildi.
 
Svetlana Rashidova 1952 yil Toshkent shahrida O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov oilasida tug‘ilgan va Rashidovlar oilasida eng kichigi bo‘lgan. Toshkent Davlat universitetining romano-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida dotsent lavozimida ishlagan.

1971 yilda Alisher Vohidovga turmushga chiqqan. Alisher Vohidov Nyu-Yorkda 1994 yildan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997-2008 yillarda esa respublikaning BMTdagi elchisi, doimiy vakili lavozimlarida ishlagan. 

Svetlana Rashidova BMT delegatsiyalari mehmondo‘stlik qo‘mitasining BMTdagi diplomatlarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha vitse-prezidenti sifatida Nyu-Yorkdagi jamoat ishlarida faol ishtirok etgan. So‘nggi yillarda u betob bo‘lgan va 14 dekabrda hayotdan ko‘z yumdi. 

Mavzuga oid