Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk lirasi qadrsizlanishda davom etmoqda. Istanbul birjasi o‘z ishini to‘xtatdi
Istanbul birjasi 17 dekabrda turk lirasi dollarga nisbatan qadrsizlanishda davom etayotgani sababli o‘z ishini to‘xtatdi.
Birja saytida ma’lum qilinishicha, savdolar vaqtida bozorlar muayyan qiymatga pasaygandan keyin savdolarni to‘xtatish tizimi ishga tushgan. “Birjamizda barcha aksiyalar bozorida bitimlar tuzish vaqtincha to‘xtatildi”, deb aytilgan birja xabarida.
16 dekabrda Turkiya markaziy banki tayanch stavkasini 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirdi. Buning oqibatida 17 dekabrda turk lirasi dollarga nisbatan 9 foizga, ya’ni bir dollarga 17,14 liragacha qadrsizlangan. Bu lira qadrsizlanishining navbatdagi antirekordi hisoblanadi.
Turk lirasi noyabr o‘rtalaridan kuchli qadrsizlana boshladi. Bu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an markaziy bankni tayanch stavkasini 3 oy ichida 3 marta tushirgani uchun maqtagandan keyin yuz bergan.
Lira qadrsizlanishi ortida 2 dekabrda Erdo‘g‘an moliya vaziri Lutfiy Alvonni iste’foga chiqardi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026