Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat: «Qo‘yliq bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali hech qanday gap yo‘q»
Senator Tolibjon Madumarovga ko‘ra, Qo‘yliq bozori ko‘chirilishi bo‘yicha shov-shuvlar o‘sha yerdagi ishchi va bozorchilarning asossiz tashviqotidan boshqa narsa emas.
Bu haqda 17 dekabr kuni AOKA majlislar zalida Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z bordi.
«Qo‘yliq bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘q. Va bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi ishchi va bozorchilarning asossiz tashviqotidan boshqa narsa emas.
«Biz Qo‘yliq masalasida joyiga chiqib o‘rganish qildik. Shu o‘rganishda ko‘rdikki, bozor ko‘chishi bo‘yicha Toshkent shahar hokimining hech qanday qarori chiqmagan. Bu shov-shuvlar o‘sha yerdagi ishchi, bozorchilarning tashviqoti.
Bozor ma’muriyati bu masalani tuman hokimligi va mutasaddilar bilan oxiriga yetib, keyin bizga yetkazishlarini aytdi. Lekin xalqqa bir narsani ochiq aytamizki, bozor ko‘chishi bo‘yicha hali hech qanday gap yo‘q. Vahimaga tushmanglar», – deya senator so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:47
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
19:25 / 14.11.2025