Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq vazir tuman hokimligidan viloyat xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga o‘tdi
Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupov prezidentning Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Tursunovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Xalq qabulxonasi sobiq mudiri Muhiddin Turg‘unovich Valiyevning mehnatlari e’tirof etildi.


Bahodir Yusupov mazkur lavozimga prezident administratsiyasi rahbarining 2021 yil 18 dekabrdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan.


Bahodir Yusupov 1961 yil 16 avgust kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 1982 yili Toshkent politexnika institutini, 1997 yili O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
U 2004-2009 yillarda Chust tumani hokimi, 2010-2015 yillarda Namangan viloyati hokimi, 2016-2017 yillarda Kosonsoy tumani hokimi, 2017-2018 yillarda Respublika fermerlar Kengashi raisi, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimlarida ish olib borgan.
2019 yildan hozirga qadar Kosonsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
20:03 / 02.05.2026
Namanganda xorijdan olib kelingan qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
19:59 / 24.04.2026