Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi oshxonada gaz ballon portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan oshxonada gaz ballonlar portlagan va oqibatda 10 kishi jarohatlangan. Bosh prokuratura matbuot kotibining xabar berishicha holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yil 19 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani «Navro‘z» MFYda «Lazzat» oshxonasida gaz ballonlar portlagan.
Oqibatda oshxonaning taxminan 40 metr kvadrat maydonida shift qismi va jihozlar yongan. Bundan tashqari 10 kishi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Samarqanddagi oshxonada gaz ballon portlagani yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:33 / 03.02.2026
Samarqandda ikki tumanga yangi hokimlar tayinlandi
17:41 / 22.02.2025
Samarqand shahri va bir necha tumanlar chegaralari o‘zgartiriladi
16:11 / 06.02.2025
Samarqandda yana bir haydovchi YPX xodimini mashinasida sudrab ketdi
11:32 / 10.07.2024