Senatning majlisida Samarqand viloyatining Samarqand şahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari çegaralarini özgartiriş masalasi ma’qullandi.

Foto: Oliy Majlisi Senati

«Samarqand şahrida «Şirin» zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qaroriga köra, Samarqand şahridan ötgan Zarafşon daryosi qirğoği böylab 15 km uzunlikdagi masofada qiymati 10 mlrd dollarlik «Şirin» zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etiş reja qilingan.

Senatorlar körib çiqqan masalada Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 243 gektar, Samarqand tumanidan 170 gektar, jami 413 gektar yer maydoni Samarqand şahri tarkibiga ötkazilişi nazarda tutilmoqda.

Natijada amaldagi 252 gektardan iborat «Şirin» mavzesi hududi kengaytirilib, jami 665 gektar maydonni taşkil etadi.

Muhokamalar jarayonida tasdiqlangan master reja böyiça hududda 180 ming aholiga möljallangan jami 60 mingta xonadondan iborat 254 ta köp qavatli uylar, 45 ta ijtimoiy soha obekti quriladi.

Mazkur «Şirin» şaharçasida bunyodkorlik loyihalarini amalga oşiriş muddatlari aniq rejalaştirilgan va quriliş işlari 3 ta bosqiçda olib boriladi.

Ta’kidlanişiça, senatorlarning yakdil fikriga köra, viloyatdagi çegaralarning özgartirilişi Samarqand şahrining me’moriy qiyofasini yaxşilaş va obodonlaştiriş, xorijiy va mahalliy investorlar uçun jozibadorligini oşiriş, şaharning turizm salohiyatidan samarali foydalaniş, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirişni ta’minlaş va eng asosiysi aholining turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi.