Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida boşqaruvni yöqotgan Nexia-3 kanalga tuşib ketdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil kuni 8 iyul kuni sodir bölgan.

Şu kuni soat 11:15 larda haydovçi Nexia-3ni Oqdaryo tumani «Boşdarxon» MFY içki yölida boşqarib kelayotganda boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda maşina kanalga tuşib ketgan va ança joyga oqib borgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda maşina oqib ketayotganda uning içida haydovçi va yölovçi borligini köriş mumkin.

Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Nexia-3 esa qariyb yaroqsiz holga kelib qolgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.

“Barça haydovçilardan transport vositasini boşqariş davomida yöl harakati qoidalariga amal qilib avtomaşinani boşqarişlarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Samarqand şahrida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 maşinasi boşqaruvni yöqotib, Siyob kanaliga tuşib ketgandi.